VAYOMING

VAYOMING — AKSH gʻarbidagi shtat. Mayd. 253,6 ming km2. Aholisi 470 ming kishi. Maʼmuriy markazi — Shayenn sh. Hududining katta qismi Qoyali togʻlarda joylashgan, shim.-sharqi esa Buyuk tekisliklarga tutashgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —3° dan —9°gacha, iyulniki 18—22°, yiliga 300—500 mm yogʻin yogʻadi. Tekisliklarda dasht va chala choʻl oʻsimliklari, togʻlarda igna bargli daraxtlar oʻsadi. Vayoming AQSHning aholisi siyrak va iqtisodida q. x. yetakchi oʻrinda turadigan shtatlaridan biri. K-x. da yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. Yaylov koʻp. Dehqonchilik chorvachilik b-n bogʻliq. Sharqiy r-nlarda bugʻdoy, sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, suli va arpa ekiladi. Togʻli r-nlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sanoatida neft, gaz, koʻmir qazib chiqarish, elektr energiya hosil qilish yetakchi oʻrinda turadi. Uran, temir rudalari va qurilish materiallari qazib olinadi. Boshqa tarmoqlari mahalliy ahamiyatga ega. Vayomingni transkontinental t. y. kesib oʻtgan.


Lotin alifbosida maqola: VAYOMING haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты