VAYSXON

VAYSXON, Uvaysxon, Sulton Uvays oʻgʻlon (7—1428) — Moʻgʻuliston xoni (1418-21 va 1424-25). Naqshi Jahon (1415—18)ni oʻldirib taxtni egallagan. Vaysxon Amir Temurning sarkardalaridan Turkiston hokimi Shayx Nuriddin bilan ittifoq boʻlib amakisi, Moʻgʻuliston xoni Shermuhammadxon (1421—24) bilan taxt uchun oʻzaro kurash olib borgan. Ili daryosi boʻylaridagi buddaviy qalmoqlar xoni Esexu (1415 — 25) bilan muntazam (61-marta) urushlar qilgan. «Tarixi Rashidiy»da qayd qilinishicha, Vaysxon oʻta taqvodorligi, oliyjanobligi, jasurligi bilan boshqalardan ajralib turgan.


Lotin alifbosida maqola: VAYSXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
TOSHKENT
MOʻGʻULISTON
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты