TOBA

TOBA — mil. 4-a. oxiriga qadar hoz. Ichki Mongoliya (XXR) hududida yashagan koʻchmanchi qabila. 3-a. oʻrtalarigacha Syanbi qabila ittifoqiga kirgan. Kabila oqsoqoli Livey hukmronligi davrida (220—277) faol siyosiy rol oʻynay boshlagan. Xitoy bilan mustaxkam aloqalar oʻrnatgan. 4-a. boshida Xitoydagi Gʻarbiy Szin imperiyasi bilan birgalikda Tobalar hunnularning Shim. Xan davlati bilan kurash olib borishgan. Buning evaziga Xitoy imperatori 310-y. T. larga Dayszyun viloyatini, 315-y. esa, Chanshan viloyatini (hoz. Xebey viloyati) inʼom etgan. Tobalar Szin imperiyasi bilan harbiy ittifoqda boʻlsalarda undan mustaqil edilar. 2—3-a. larda Toba larda urugʻchilik munosabatlari saqlanib qolgan, 3-a. oxiri —4-a. boshlaridan merosiy hokimiyat vujudga kelgan. 4-a. oxirida Tobalar oʻzlarining Toba Vey (Shim. Vey) davlatini barpo etishgan. 4-a. oxiridan Tobalar oʻtroq hayot tarziga oʻtishgan, xonaki chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik bilan ham shugʻullangan. Keyinchalik boshqa xalklar bilan aralashib ketgan va 7-a. dan boshlab Tobalar nomi tarix saxifalarida uchramaydi.


Lotin alifbosida maqola: TOBA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
MONGOLIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты