VAYYAN-KUTYURYE

VAYYAN-KUTYURYE Pol (1892.8.1 – Parij — 1937.10.10) — fransuz yozuvchisi. 1-jahon urushida qatnashgan. «Koʻrlar bazmi» (1927) hikoyalar toʻplami va «Iyul ota» (1927) fojiaviy komediyasida jamiyatdagi hukmdan tabaqa hayotining salbiy tomonlari tanqid qilingan. V.-K. 1931-y. da Oʻzbekiston va Tojikistonda boʻlgan. «Temur yurtida» umumiy nom ostida ocherklar toʻplamini nashr ettirgan (1932). Bunda Oʻzbekistan va Tojikiston xalklari, ularning urfodatlari, marosimlari, oʻzbek adabiyoti haqida maʼlumotlar beriladi. «Toshkentda shoirlar kechasi» nomli ocherkida oʻzbek ijodkorlari Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon va b. bilan muloqotda boʻlganligi haqida yozadi.


Lotin alifbosida maqola: VAYYAN-KUTYURYE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TOSHKENT
TOJIKISTON
AMIR TEMUR
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты