VAKANSIYALAR

VAKANSIYALAR (lot. vacans – bush) (Shotki nuqsonlari, «kovaklar») — kristall panjarasining atom yoki ion bulmagan boʻsh tugunlari; P shakli bilan ifodalanadi. Vakansiyalarlarni vakant elektronlar sathlari (musbat «kovaklar») bilan chalkashtirmaslik kerak. Har qanday kristall panjarada Vakansiyalar boʻladi. Ion panjaralarda kation D+ va anion D~ V. mavjud. Kristallarda har doim atomlarning issiqlik harakati tufayli yuzaga keluvchi Vakansiyalar boʻladi. Vakansiyalar atomlarning batamom bugʻlanib ketmasligi oqibatida kristall sirtida «kovaklar» hosil boʻlishidir. Vakansiyalarning hosil boʻlish ishi (panjaraning deformatsiya energiyasini hisobga olmaganda) atomlarning bugʻlanish ishiga teng. Shuning uchun kristall hajmidagi Vakansiyalarning konsentratsiya muvozanati taxm. oʻsha t-radagi toʻyingan bugʻ konsentratsiyasiga teng boʻladi. Vakansiyalar qoʻshni atomlar b-n joy almashtirib, kristallda tartibsiz siljiydi. Vakansiyalarning tartibsiz harakat yoʻli 6 ga teng kesmalardan iborat siniq chiziq hosil qiladi (5 — qoʻshni atomlar orasidagi masofa). V. ning bitta tugunda mavjud-lik oʻrtacha vaqti t, harakatning oʻrtacha tezligi uyp=»f» – V. ning siljishi tufayli kristallda atomlar siljishi (oʻz-oʻzidan diffuziyalanish) hamda oʻzaro diffuziyalanish (geterodiffuziya) hodisasi sodir boʻladi. Atomlar kristallda gazdagiga nisbatan taxm. ye-»/kT marta sekin harakat qiladi (bunda i — bitta Vakansiyalar hosil boʻlishi energiyasi, k — Bolsman doimiysi, T — mutlaq t-ra). Vakansiyalar kristallning fizik xossalariga taʼsir qiladi: zichligini kamaytiradi, ion oʻtkazuvchanlikni hosil qiladi, anion Vakansiyalar elektronlarni oson tutadi, kation Vakansiyalar esa musbat «kovaklar»ni oson biriktirib oladi. Vakansiyalar metallarga termik ishlov berishda, ularning «dam olishi»da, kristallanish va b. jara-yonlarda muhim oʻrin egallaydi.


Lotin alifbosida maqola: VAKANSIYALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QATTIQ JISM
ISSIQLIK HARAKATI
ATOM FIZIKASI
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты