TOBLASH

TOBLASH (metallurgiyada) — material (asosan, metall) larga termik (issiqlik) ishlovi berish; material (mas., poʻlat)ni yuqori tragacha (mas., 1600° gacha) qizdirib, shu trada maʼlum vaqt tutib turish va tez sovitish. Materialning yuqori traga xos holatini saqlab qolish yoki uni sekin sovitilganda yuz berishi mumkin boʻlgan zararli jarayonlarning oldini olish (soʻndirish) uchun amalga oshiriladi. Toblash yuqori tradagi barqaror holati past tradagi barqaror holatidan farq qiladigan (mas., kristall strukturadagi) materiallar uchun yaraydi. Toblash natijasida hosil boʻladigan strukturalar faqat nisbiy jihatdangina barqaror boʻladi, qizdirilganidan keyin barqarorroq holatga oʻtadi. Metallar (shu jumladan, eskirtirilgan metallar), ularning qotishmalari, shisha, suyuq holatdagi moddalar va b. tabiiy sharoitda yoki muayyan texnologik jarayonlarda toblanadi. Materiallar ichida eng koʻp toblanadigan metall poʻlat hisoblanadi (q. Poʻlatni toblash).


Lotin alifbosida maqola: TOBLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHISHA
POʻLATNI TOBLASH
KIMYO
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты