TOBOL

TOBOL — Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyati, RFning Kurgan va Tyumen viloyatlaridagi daryo. Irtishning chap irmogʻi. Uz. 1597 km. Havzasining mayd. 426 ming km2. Toʻrgʻay platosidan boshlanib, asosan, Gʻarbiy Sibir tekisligidan oʻtadi. Asosiy irmoklari: chapda — Uy, Iset, Tura, Tavda; oʻngda — Ubagan. Asosan, qordan toʻyinadi. Okt. —noyab. da muzlab, apr. —mayda muzi eriydi. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 437 km masofada kema qatnaydi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 805 m3/sek. Tobol boʻyida Lisyakovsk, Rudniy, Qoʻstanay, Kurgan, Yalutorovsk sh. lari bor. T. da (suv bilan taʼminlash va sugʻorish uchun) suv omborlari qurilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOBOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
QOZOGʻISTON
SIRDARYO
DARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты