TOBULGʻI

TOBULGʻI, tubulgʻa (Spiraea L.) — raʼnoguldoshlarga mansub butalar turkumi. Shim. yarim sharda 100 dan ortiq turi oʻsadi. Boʻyi 0,15—2,5 m cha. Shoxshabbasi gʻuj, barg chiqargandan soʻng mayiyunda gullaydi, guli oq yoki och pushti, toʻpguli shoda yoki roʻvaksimon. Mevasi olmasimon, Yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka va sovuqqa chidamli, tuproq tanlamaydi. Urugʻidan, ildiz va yer ustki bachkilaridan koʻpayadi. Tobulgʻi choʻl va oʻrmonlarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonning togʻli mintaqalarida yapon Tobulgʻisi (S.japonica L. Sh.), oʻrtancha Tobulgʻi (S. media Schmid.), dalachoybarg Tobulgʻi (S. hupericifaolia L.), tukdor Tobulgʻi (S. piosa Franch.) turlari oʻsadi. Tobulgʻining baʼzi turlari jarliklar va tog yonbagʻirlarini mustahkamlashda ekiladi. Tobulgʻi juda koʻp va chiroyli gullagani sabablitolbargT. (S. salicifolia) turi qimmatli manzarali oʻsimlik hisoblanadi. Togʻli yon bagʻirlardagi archazor, butazorlarda, dare boʻylarida oʻsadi.


Lotin alifbosida maqola: TOBULGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
Bojalar guruhi, Oybek va Nigora - Media park
OKEAN
Ulug'bek Ismailov - Guli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты