VAKUUM MATERIALLARI

VAKUUM MATERIALLARI — vakuum apparatlari va asboblarida qoʻlla-niladigan materiallar. Asosiy guruhlari: konstruksion materiallar, gaz yutgichlar, vakuum moylari, surtmalar, loklar, sementlar, asalari mumi, ku-mush xlorid va b. Vakuum apparatlari va asboblari yasash, qismlarga ajra-tiladigan birikmalarni zichlash, kranlarni moylash, elektron lampalarga surkash va b. maqsadlarda ishla-tiladi. Vakuum texnikasi uchun kam gazlanadigan materiallar — shisha, kvars, chinni juda qadrli va koʻp ishlatiladi. Metallar (mas., temir, alyuminiy, nikel, platina, kumush va h. k.)ning esa vakuumda sirtlari adsorbsiyalanadi. Shuning uchun ular vakuumda yuqori t-ralarda qizdirib gazsizlantirib olinadi. Vakuum materiallariga qoʻyiladigan asosiy talablar: ish t-rasida toʻyingan bugʻlar bosimi past, oson gazsizlanadigan, gaz oʻtkazuvchanligi kichik, yuqori t-ralarga yetarlicha chidamli boʻlishi kerak.


Lotin alifbosida maqola: VAKUUM MATERIALLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
METALLAR
NIKEL
YER
PLATINA RUDALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты