TOVOQSOY ZILZILASI

TOVOQSOY ZILZILASI — Tovoqsoy qishlogʻi yaqinida 1977-y. 6 dek. da sodir boʻlgan. Zilzilaning oʻchogʻi PiskomToshkent seysmogen zonasida 15 km chuqurlikda joylashgan, kuchi 7 ball, magnitudasi 5,1. Seysmik toʻlqinlar Chirchiq, Gʻazalkentda — 7, Chorvokda — 5, Toshkentda — 6, Yangiyoʻlda — 4, Ohangaronda 3—4 ballga yetgan. Tovoqsoy, Ozodbosh, Iskandar va b. joylarda bir qancha imoratlar shikastlangan. Yer ustida tarqalgan epitsentral zonaning yoʻnalishi QorjontovToshkent yer yorigʻi boʻyicha shim. sharqdan jan. gʻarbga choʻzilgan. 3 balli zilzila maydoni 65700 km2 ni tashkil qilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOVOQSOY ZILZILASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Nuriddin Haydarov - Eshmat o’g’li Mamajon
Umar Shayx Mirzo Bahodir
TOSHKENT
SEYSMOGEN ZONALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты