VAKUUM-MIKROSXEMALAR

VAKUUM-MIKROSXEMALAR — mikroelektron texnologiya asosida yaratilgan koʻp funksiyali elektron asbob. V.-m. yuqori vakuumli ballonchadan iborat boʻlib, ichida maʼlum tartibda koʻplab mikroelektrodlar joylashgan. Millionlab metall katodlarni kimyoviy usulda yaratish texnologiyasiga asoslangan. Mikroelektrodlar kremniy taglikka mahkamlanadi, soʻngra taglik ustiga ketma-ket kremniy oksid (SiO2) va yupqa metall (koʻpincha, molibden) qatlamlari joylashtiriladi. Shu usulda har 1 mm2 taglikka 10 mingtacha mikrokatod joylashtirish mumkin. Mikrokatodlar niobiy, molibden, oltin va tantaldan tayyorlanadi. Vakuumli integral mikrosxemalar quyidagi afzalliklarga ega: V.-m. yarim oʻtkazgichli mikrosxemalarga qaraganda 20-marta tezroq ishlaydi, radiatsiyaga. kuchlanish va t-ra oʻzgarishlariga chidamli; emitter atrofidagi elektr maydonini boshqarish natijasida kvant-mexanik effektlarga oson erishish mumkin; tannarxi esa oʻxshash mikrosxemalarga nisbatan yuqori boʻlmaydi. V.-m. koʻchma radioaloqa tizimlarida, issiqlikka chidamli datchiklarda, reaktiv dvigatellar yoki atom reaktorlari va b. elektron qurilmalarda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VAKUUM-MIKROSXEMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MAYDON KVANT NAZARIYASI
FIZIKA
ELEKTRONIKA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты