TOVUSH

TOVUSH (musiqada) — musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi. Musikiy Tovushlar maʼlum musiqiy tizimni tashkil etib, muayyan balandpastlik (lad), uzunqisqalik (ritm va metr), dinamika va tembrga ega boʻladi. Odatda, musiqada 16 gs — 4500 gs (S2—d5) orasidagi, 0,015 sek —23 min. uzunligidagi Tovush lardan foydalaniladi. Shuningdek, musiqada muayyan balandlikka ega boʻlmagan (aleatorika, sonoristika, usul) T. lardan ham qoʻllaniladi. Musiqiy Tovush larning oʻziga xosligi, shuningdek, badiiy talqin jarayonidagi (agogika, artikulyatsiya, surʼat, melizmlar va b.) xususiyatlar bilan belgilanadi (yana q. Nagʻma, Ton).

Ad.: Nazaykinskiy Ye., Zvukovoy mir muzoʻki, M., 1988.


Lotin alifbosida maqola: TOVUSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
RITM
XALQ IJODI
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты