VALAMATZODA Gʻaffor Rustamovich

VALAMATZODA Gʻaffor Rustamovich [1916.26.4(9.5), Xoʻjand – 1993.12.12, Dushanba] — tojik balet artisti, baletmeyster, rej. Tojikiston xalq artisti (1945), 1951-63 y. lar S. Ayniy nomidagi opera va balet teatrining bosh baletmeysteri, 1961—63 y. lar Tojik filarmoniyasining direktori va badiiy rahbari, 1965-y. dan «Lola» ansamblining rahbari. Birinchi tojik baleti («Du gul»)ga, shuningdek «Layli va Majnun», «Boqchasaroy favvorasi», «Moviy gilam» baletlari va «Vosening qoʻzgʻoloni», «Maysaraning ishi» kabi operalarning raqs sahnalarini yaratgan. V. Oʻzbekistonning «Bahor», «Shodlik» va b. ansambllarida bir qancha raqs («Lola» raqs-syuitasi, «Moʻgʻulcha», «Pomircha», «Afgʻoncha» va b.)larni sahnaga qoʻygan.


Lotin alifbosida maqola: VALAMATZODA Gʻaffor Rustamovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
ROSSIYA
FRANSIYA
BALET
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты