TOVUSH LOKATSIYASI

TOVUSH LOKATSIYASI — obyektga boʻlgan yoʻnalishni va shu obyekt tarqatayotgan tovushni taxlil qilish yoʻli bilan obyektning turgan joyini aniqlash; obyekt hosil qilayotgan tovush maydoni (suyet lokatsiya) yoki maxsus qurilmalar vositasida hosil qilinadigan tovushning undan qaytishi (faol lokatsiya) boʻyicha amalga oshiriladi.

Faol Tovush lokatsiyasida impulyeli va uzluksiz tovush manbalaridan foydalaniladi. Impulyeli rejimda obyektgacha boʻlgan masofa undan kaytgan aks sado — signalning kechikish vaqti boʻyicha aniklanadi. Uzluksiz rejimda obyektgacha boʻlgan masofa unga yuborilgan va undan kashtan chastotalar farqi bilan aniklanadi. Tovush chikaruvchi obyektlarning suyet lokatsiyasi tovushni tor yoʻnalishda yoʻnaltiruvchi qabul qilgichlar bilan (tor chastota polosasida ishlaganda) qabul qilishning yoki korrelyatsiyey usul bilan (keng polosali manbalar bilan ishlaganda) amalga oshiriladi. Tovush lokatsiyasi infratovushdan ultratovushgacha boʻlgan chastota diapazonidagi tovushni havoga, yerga va metallga tarqatishda keng qoʻllaniladi.

Barcha tirik jon, jumladan, odam va hayvonlarda Tovush lokatsiyasi mavjud. Baʼzi jonivorlar, mas., koʻrshapalak, delfin, kit va qushlar oʻz evolyutsiyasida faol lokatsiyaga moslashib qolgan. Koʻrshapalak bir necha m/s dagi tovush impulslarini nurlatadi. Koʻr kishilar biror toʻsiqqa yaqinlashganini oyoq yoki xassasi tovushining toʻsiqdan qaytishi bilan sezib oladi.


Lotin alifbosida maqola: TOVUSH LOKATSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RADIOLOKATSIYA
AKS SADO
TOSHKENT
Ozoda Nursaidova - Farqi yo’q
OʻTA YUQORI CHASTOTALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты