VALANJIN YARUSI

VALANJIN YARUSI (Shveysariyadagi Nevshatel sh. yaqinidagi Valanjen qasri nomidan) — quyi boʻr sistemasi (davri) pastdan ikkinchi yarusi. 1853-y. da Dezor (Desor) alohida yarus qilib ajratgan. Dastlab aniqlangan joyida dengiz tipratikani, leletsipoda va ammonitli ohaktoshlardan tashkil topgan. Valanjin yarusi jinslari Ukrainada hamda Alp, Karpat toglari va Kavkazda bor. V. ya. qizgʻish ohaktoshli jinslari Oʻzbekiston (Hisor togʻlari)da ajratilgan. Bir oz gips va fosforit qatlamlari ham uchraydi. Buxoro viloyatida qumtosh, qizil gillardan iborat Valanjin yarusida neft uyumlari bor.


Lotin alifbosida maqola: VALANJIN YARUSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOʻR SISTEMASI
UKRAINA
BUXORO VILOYATI
ROSSIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты