TOVUSH TEZLIGI

TOVUSH TEZLIGI — tovush toʻlqinining belgilangan biror fazasining tarqalish tezligi. Tovush tezligi muayyan tashqi sharoitda mazkur modda uchun oʻzgarmas boʻlib, toʻlqinning chastotasi va amplitudasiga bogʻliq emas. Gazlarda t-ra va bosim ortishi bilan Tovush tezligi ortadi, suyukliklarda (suvdan tashqari) esa t-ra ortishi bilan, yaʼni suyultirilganda Tovush tezligi kamayadi. Suvda t-ra oshishi (74° gacha) bilan Tovush tezligi ham ortadi. t-ra bundan yuqoriga koʻtarilgan sari T. t. kamaya boradi.

Gaz va suyuqlik aralashmalarida Tovush tezligi undagi komponentlarning konsentratsiyasiga bogʻliq. Izotrop qattiq jismlarda Tovush tezligi moddaning zichligi va elastiklik moduli bilan aniqlanadi. Tovush tezligi qattiq jismlarda suyukliklardagidan, suyuqliklarda esa gazlardagidan katga. Mas., T. t. 20° da havoda 331 m/s ga, suvda 1450 m/s ga, poʻlatda 5000 m/s ga teng.


Lotin alifbosida maqola: TOVUSH TEZLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ELASTIKLIK
OKEAN
ISSIQLIK HARAKATI
ISHQALANISH
MODDANING AGREGAT HOLATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты