VALBJIX

VALBJIX — Polshaning jan.gʻarbidagi shahar, Valbjix voyevodaligida. Aholisi 141 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. i. tuguni. Quyi Si-leziya toshkoʻmir havzasining qad. markazi, 14-a. dan koks ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (ogʻir mashinasozlik, asosan konchilik jihozlari i. ch. ga ixtisoslashgan), kimyo, toʻqimachilik, chinni, oyna-shisha sanoati korxonalari bor. Yirik issiqlik elektr st-yasi kurilgan. Valbjix yaqinida Shchavno-Zdruy togʻ balneologik iqlim kurorti joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Yangi Dvur qalʼasi (14-a.) qoldiklari saqlangan. Konchilik muzeyi va b. bor.


Lotin alifbosida maqola: VALBJIX haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
ROSSIYA
HINDISTON
KIMYO SANOATI
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты