TODZIO XIDEKI

TODZIO XIDEKI (1884.30.12 Tokio — 1948.23.12) — Yaponiyaning bosh harbiy jinoyatchilaridan biri, general. 1915-y. dan yapon armiyasida rahbarlik lavozimlarida. 1937—38 y. larda Yaponiyaning Kvantun armiyasi shtabi boshligʻi. 1938—39 y. larda harbiy vazir muovini. 1940-y. iyul — 1941-y. okt. daharbiy vazir. 1941-y. okt. — 1944-y. iyulda bosh vazir va ayni vaqtda harbiy vazir. Yaponiyaning fashistlar Germaniyasi va Italiya bilan ittifoqining tarafdori boʻlgan. Fashistlar Germaniyasining SSSRga qarshi urushida faol yordam bergan. 1941-y. Tinch okeanidagi urushning ochilishida katta rol oʻynagan. Uzoq Sharq uchun tashkil etilgan Xalqaro harbiy tribunalning qaroriga koʻra, qatl etilgan.


Lotin alifbosida maqola: TODZIO XIDEKI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
IKKINCHI JAHON URUSHI
ITALIYA
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты