VALI MUHAMMAD

VALI MUHAMMAD (? – 1611.27.8) — Buxoro xoni (1605—11), ashtarxoniylardan. Akasi Boqi Muhammad davrida Balx noibi (1599—1605). Boqi Muhammad vafotidan soʻng Buxoro taxtiga oʻtqazilgan. Vali Muhammaddan soʻng Balx hokimi boʻlgan Nadr Muhammadxon boshliq mahalliy amaldorlar Imomqulixonni Buxoro taxtiga oʻtqazish uchun Vali Muhammadga qarshi fitna uyushtirganlar. 1611-y. bahorida V. M. Imomquli va Nadr Muhammadxonlar bilan boʻlgan kurashda yengilgach, Imomqulixon Buxoro xoni deb eʼlon qilingan. Vali Muhammad esa Eron shohi Abbos huzuriga qochib borgan. U shoh Abbos yordamida Movarounnahrni qaytarib olishga harakat qilgan. Tarixchi Muhammad Yusuf munshiy (17-a.) «Tarixi Muqimxoniy» asarida yozishicha, shoh Abbos Imomqulixonga qarshi kurashish uchun Vali Muhammadga 80 ming kishilik qizilboshlilar qoʻshinini bergan. Biroq Samarqand atrofidagi Bogʻishamolda boʻlgan jang (1611 i. avg.)da Imomqulixon gʻalaba qozongan, Vali Muhammad asir olinib, qatl etilgan.

Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982,Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII vv. (Pismennыye pamyatniki), T., 1985.


Lotin alifbosida maqola: VALI MUHAMMAD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ERON
AMIR TEMUR
BUXORO XONLIGI
NADR MUHAMMADXON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты