VALIANT

VALIANT — ertagi serhosil shaftoli navi. Vatani Amerika. Daraxti oʻrtacha kattalikda. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (140—170 g), dumaloq-tuxumsimon, rangi toʻq sariq. Pustila siyrak nozik tuklari bor. Eti xushboʻy, sargʻimtir, shirali, danak atrofi qizgʻish, shirin. Eti danagidan yaxshi ajraladi. Danagi yirik. Koʻchati ekilganidan keyin 2—3-yildan hosil qiladi, 5—6-yili toʻliq hosilga kiradi. Hosildorligi yuqori (160—170 s/ga). Boshqa r-nlashtirilgan navlarga karaganda sovuqqa va kasalliklarga chidami yuqori. Apr. boshlarida gullaydi. Mevasi iyulda pishadi. Mevasi yangiligigida yeyiladi, sharbatlar, jem va b. tayyorlanadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun tavsiya etilgan (yana q. Shaftoli).


Lotin alifbosida maqola: VALIANT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
SHAFTOLI
YAPONIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты