TOJIYEV Mirsodiq Mahmudovich

TOJIYEV Mirsodiq Mahmudovich (1944.25.3 Toshkent 1996.8.6) kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970). Toshkent musiqa bilim yurtida oʻqituvchi (1965—70), «Goʻzal» va «Shodlik» ansambllari, Oʻzbek davlat filarmoniyasi badiiy rahbari (1971—1979), Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi raisi (1982—1987), Toshkent konservatoriyasi oʻqituvchisi, dotsent (1971 — 1996). Tojiyev oʻzbek musiqa merosi (jumladan, maqom anʼanalari) negizida badiiy yetuk asarlar yaratishga muvaffaq boʻlgan. Tojiyev oʻzining 3, 9, «Somon yoʻli» trilogiyasi (15—17) va «Qahramonlik» (19) simfoniyalari bilan milliy simfonizm rivojiga katta hissa qoʻshgan. Shuningdek, «Shoir muhabbati» simfonik poemasi, kamer orkestr uchun yozilgan 7, 8, 12, 18simfoniyalari, «Oʻzbekiston» poemafaxriya (B. Boyqobulov), «Koʻhna Samarkand yuragi» nurlitovushli musiqali panorama kabi asarlari mashhur. Tojiyev yaratgan musiqiysahnaviy asarlari orasida «Chollar va kampirlar» (H. Sharipov), «Qaydasan, jon bolam» musiqali komediyalari, «Kumush» (Abdulla Kodiriyning «Oʻtgan kunlar» romani asosida) operasi va b. Kamer musiqa, xalq cholgʻulari orkestri uchun «Tantana», «Sarafroz» va b. asarlar muallifi. «Kompozitor Mirsodiq Tojiyev» hujjatli filmi suratga olingan (2000, rej. A. Fatxullin). Ayrim asarlari gramplastinkalarga yozilgan, 3(M., 1989), 7—8(T., 1986) simfoniyalari nashr etilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOJIYEV Mirsodiq Mahmudovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
YAPONIYA
MUSIQA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты