TOJIYEV Fuat Husainovich

TOJIYEV Fuat Husainovich (1913.13.9, Kattaqoʻrgʻon 2001.13.5, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Texnika fanlari dri (1967), prof. (1969). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1937). Mahalliy sanoat i. t. institutida ilmiy xodim (1937 — 41), urush qatnashchisi (1941—43). Oʻrta Osiyo industrial intida katta oʻqituvchi (1944—46), ToshPI kimyotexnologiya fti silikatlar texnologiyasi kafedrasi mudiri (1947—91). Asosiy ilmiy ishlari Oʻzbekiston hududidagi mahalliy tuproq, gil va xom ashyolarning texnologik xossalarini sistematik tarzda oʻrganish va ularni qurilish keramikasi ishlab chiqarish. da qoʻllashga oid. Tojiyev rahbarligida ilk bor Angren kaolinining texnologik xossalari chuqur oʻrganilgan va uning asosida keramik qorishmalar, sirlar, xoʻjalik va elektrotexnik chinni, olovbardosh va kislotabardosh materiallar olingan.

As: Anorganik moddalarning fizikkimyoviy analizi (hamkorlikda), T., 1977.


Lotin alifbosida maqola: TOJIYEV Fuat Husainovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KIMYO
TOSHKENT VILOYATI
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты