VALIXOʻJAYEV

VALIXOʻJAYEV Botir (1932. 1. 4, Samarqand) — adabiyotshunos. Oʻzbekistan FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), prof. (1971). Samarqand davlat un-tining filol. f-tini bitirgan (1953), shu untda oʻqituvchi (1956-63), f-tdekanining oʻrinbosari (1964-69), dekan (1971-73, 1986-88), tojik tili va adabiyoti kafedrasi (1974 — 85), oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi (1985-y. dan) mudiri, prorektor (1990-y. dan). Valixoʻjayev ilmiy ishlari adabiyot tarixi, adzbiyotshunoslik, adabiy aloqalar, tasavvuf va uning namoyandalari, Samarqand adabiy va ilmiy muhiti tarixi, Ibn Sino, Nizomiy, Jomiy, Navo-iy kabi olim va mumtoz shoirlarning ijodiga bagʻishlangan. «Oʻzbekistan adabiy-tanqidiy qarashlari tarixidan» (1960), «Oʻzbek epik poeziyasi tarixidan» (1974), «Navoiy ijodi — ilhom manbai» (1991), «Xoja Ahror Vali» (1993), «Xoja Ahror tarixi» (1994) kabi ilmiy asarlar va bir necha oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Valixoʻjayev asarlari Rossiya, Afgʻoniston, Turkiya va Eronda nashr etilgan.


Lotin alifbosida maqola: VALIXOʻJAYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
ALISHER NAVOIY
TURKIYA
ROSSIYA
TOJIKISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты