TOJIKISTON DEPRESSIYASI

TOJIKISTON DEPRESSIYASI – Hisor-Olay, Pomir va Hindukush togʻlari orasidagi tektonik botiq. Mezozoy, paleogen va neogen choʻkindilari bilan toʻlgan.

Tojikiston depressiyasi HisorOlay togʻ tizmasi janubida, Uzbekistan, Tojikiston, Afgʻoniston hududlarida joylashgan. Gʻarbda Koʻhitang, sharqda Pomir, jan. da Hindukush va Bandi Turkiston togʻlarigacha choʻzilgan. Orografik jihatdan 2 qismga boʻlinadi. Shim. qismida Hisor vodiysi, jan. qismida Tojikistonning past va oʻrtacha balandlikdagi tizmalari oʻrin olgan. Hisor vodiysi Hisor tizmasining jan. dan boshlanib, jan. gʻarbda Bobotogʻ tizmasigacha choʻzilgan. Tojikiston depressiyasining zamini tokembriy jinslari, paleozoy— quyi triasning terrigenkarbonat, vulkanik choʻkindi va intruziv jinslaridan tarkib topgan. Strukturasi mezokaynozoyda jiddiy oʻzgarmagan. Neogen oxiri — antropogen boshlarida bukilma hamda koʻtarilmalar dislokatsiyaga uchragan va murakkab burmali Tojikiston vigratsiyasi vujudga kelgan. Mezokaynozoy jinslaridan neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanes, toshtuz, qurilish materiallari konlari topilgan. Kuchli zilzilalar, tabiiy geografik jarayonlar (togʻ qulashi, surilmalar, sel) sodir boʻlib turadi.

Iqdimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq. Yanv. ning oʻrtacha trasi —6° dan 3,6° gacha, iyulniki 23,2° dan 32,4° gacha, eng baland t-ra 49,5°. Yillik yogʻin 119—154 mm, togʻlarda 700 mm gacha. Yirik daryolari: Panj, Vaxsh, Kofarnihon, Qizilsuv, Surxondaryo, Qunduz, Boʻz. Tuprogʻi allyuvialoʻtloq va b. tuproklar. Subtropik choʻl, chala choʻl, togʻdasht, oʻrmon, oʻtloqdashtli yerlarda efemer, shuvoqefemer, buta, archa, baland boʻyli oʻtlar oʻsadi. Hayvonlardan boʻri, tulki, bugʻu, qamishzor mushugi, gʻar xil ilonlar, qushlar yashaydi.

Qazilma boyliklardan neft, gaz, tuzlar, koʻmir, qurilish materiallari, mineraltermal suv manbalari bor. Ingichka tolali paxta yetishtirish, bogʻdorchilik, tokchilik, subtropik oʻsimliklar uchun iqlim sharoiti qulay. Gidrotexnik inshootlardan GES, suv omborlari (Norak, Jan. Surxon) qurilgan, tunnel barpo etilgan, Palangdara (Tigrovaya balka), Ramit, Dashti Jush kabi qoʻriqxonalar tashkil etilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOJIKISTON DEPRESSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
POMIR
TOJIKISTON
OSIYO
TYANOʻPAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты