VALLISNERIYA

VALLISNERIYA, suvyaproq (Vaillisneria) — suvguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Suv ichida usadi. Bargi ingichka, tasmasimon, uz. 75 sm ga yetadi. Gullari mayda, ikki uylik. Changchi gullari dastlab suv ichida rivojlanadi, keyinroq uzilib suv yuzasiga koʻtariladi. Urugʻchi gullarining gulbandlari dastlab spiral shaklda oʻralgan boʻlib, keyinchalik choʻzilishi tufayli suv yuzasiga koʻtarilib changlanadi. Changlangan gulning gulbandi yana qisqarib oʻraladi va suv ostiga choʻkib, meva tugadi. Spiral Vallisneriya (V.spiralis), odatda, oqmas va tinch oqadigan chuchuk suvlarda 1 m gacha chuqurlikda uchraydi. Oʻrta Osiyo, Yevropa va Osiyoning chuchuk suvli havzalarida tarqalgan. Yozning ikkinchi yarmida gullaydi. Spiral Vallisneriya ildiz otadigan novdalari yordamida vegetativ koʻpayadi. Koʻpincha akvariumlarda koʻpaytiriladi.


Lotin alifbosida maqola: VALLISNERIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OSIYO
XITOY
ROSSIYA
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты