TOJIMURATOV

TOJIMURATOV Adenboy (1930, Moʻynoq tumani — 1992, Nukus) — Qoraqalpogʻiston xalk, yozuvchisi (1990). Filol. fanlari nomzodi (1966). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). Xoʻjayli ped. bilim yurtini (1946), Nukus ped. intini tugatgan (1952). Qoraqalpoq Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1963—65). N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot intida ilmiy xodim (1965—68), Nukus ped. intida oʻqituvchi (1968—77), Oʻzbekiston ped. i. t. inti Qoraqalpogʻiston filiali direktori (1977-y. dan). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Tinchlik kaptari» (1957) bolalarga bagʻishlangan. «Eng qadrli soʻzlar» (1959), «Suhbatlar» (1960), «Umri boqiy chol» (1963) toʻplamlariga kirgan hikoyalarida, «Sarkopli botir» (1961), «Maqsad» (1974), «Suluvxon» (1980) qissalari va «Oydinlar» (1976) sheʼriy toʻplamida qoraqalpoqxalqi hayoti aks etgan. Tojimuratov 1966-y. qoraqalpoq xalq qoʻshiqlarini yigʻib, nashr ettirgan. «Qoraqalpoq xalq koʻshiklari» monografiyasi qoraqalpoq adabiyotshunosligida muhim oʻrin tutadi. «Qoraqalpoq folklori» (1979) darsligi mualliflaridan biri. R. Tagorning «Halokat» romani, A. Qahhorning «Sinchalak» qissasi, Ch. Aytmatovning «Qizil durrachali dilbarim» qissasi asosidagi pyesa, Sayd Aqmadning «Ufq» romanini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima etilgan.

As: Sarkopli botir, 1963.


Lotin alifbosida maqola: TOJIMURATOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты