VALTASAR

VALTASAR (oromiycha Bel-tuushshur — Bel podshoga madadkor boʻlsin) — Bobilning soʻnggi podshosi Nabonidning oʻgʻli. Mil. av. 539-y. forelar Bobilni egallagan paytlarida halok boʻlgan. Bobilni Kir II qoʻshinlari qamal qilgan paytda Valtasar bazm tashkil qilgani («Valtasar bazmi») va uning halok boʻlajagi haqidagi bashorat (oromiycha «mene, mene, tekel, uparsin» soʻzlarini devorda paydo boʻlishi) Bibliya («Doniyol paygʻambar kitobi», 5,5—28)da keltirilgan va u sanʼat asarlarida aks etgan. Doniyol paygambar bu yozuvlarni quyidagicha sharxlagan: «… Alloh sening saltanatingni nihoyasiga yetkazdi… sen tarozu pallasidasan va juda yengilsan; saltanating midiyaliklar va forelarga taqsimlab beriddi». Oʻsha kuni tundayoq Bobil taslim boʻlgan, Valtasar esa saroyga bostirib kirgan forelar tomonidan oʻddirilgan.


Lotin alifbosida maqola: VALTASAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты