TOJIPOLVON

TOJIPOLVON Aʼloyev (1890 Toshkent — 1964.3.4) — Oʻzbekiston xalq polvoni (1946). Kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. 14 yoshida paxta zavodida yuk tashuvchi boʻlgan. Fargʻonacha kurash bilan shugʻullangan. Kurash yoʻllarni ustozi Ahmad Polvonsan oʻrgangan. 1919-yili Turkistonda oʻtkazilgan klassik kurash bahsida 1oʻrinni egallagan. 1930-y. dan davlat sirklari markaziy boshqarmasida, 1942-y. dan oʻzbek sirkida oʻz mahoratini namoyish qila boshladi. Keyinchalik «Paxtakor» sport jamiyatida bir necha marta kurash musobaqalarini oʻtkazgan. Koʻplab kurashchi polvonlar tayyorlagan.


Lotin alifbosida maqola: TOJIPOLVON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
TOSHKENT VILOYATI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты