VALUNLAR

VALUNLAR — 1) kattaligi turli tasniflarga koʻra 10, 25 yoki 50 sm dan katta boʻlgan togʻ jinsi boʻlaklari. Koʻpincha Valunlar kattaligining yuqori che-garasi 1 m gacha olinadi. Ayrim paytlarda Valunlar deb faqat silliqlangan va yumaloqlangan jins boʻlaklariga aytilgan. Valunlarlar dagʻal chaqikli togʻ jinslarining muhim tarkibiy qismi (valunlar, shagʻaltoshlar, konglomeratlar). Togʻliklardagi allyuviy, prolyuviy va muzlik jinslarida keng tarqalgan;

2) oʻlchamidan qatʼi nazar muzliklar olib kelib yotqizgan togʻ jinsi boʻlaklari. Koʻpincha silliqlangan, jilolangan va tirnalgan (muzlik chandiqdari) boʻladi. Morena va flyuvioglyatsial yotqiziqlarsa tarqalgan. Kad. muzlik r-nlarida koʻp uchraydi. Kamdan-kam qad. jinslar tarqalgan joylarda mavjud.


Lotin alifbosida maqola: VALUNLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты