VALYADOLID

VALYADOLID — Ispaniyadagi shahar, Valyadolid provinsiyasining maʼmuriy markazi. Pisuerga daryosi va Kastiliya kanali boʻiida. Aholisi 344 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Avtomobilsozlik va traktorsozlikning yirik markazi. Alyuminiy, toʻqimachilik, kimyo, keramika sanoati rivojlangan. Teri qayta ishlana-di, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Un-t (1346-y. dan) bor. V. 10-a. dan maʼlum. Kastiliya qirollarining sobiqrezidensiyasi. Meʼmoriy yodgorliklardan SantaMariya la Antigua (11—14-a. lar), San-Pablo (15-a.) cher-kovlari saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: VALYADOLID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Zamir - San-san
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты