TOYLOQ

TOYLOQ — Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Samarqand (10 km). Aholisi 8,3 ming kishi (2004). Tumanning asosiy korxonalari Toyloqda joylashgan. Toyloq dagi 22 ishlab chiqarish. korxonasidan 3 tasi yirik korxona (meva, konserva va vino zdlari). Bundan tashqari 2 ta qoʻshmakorxona (shu jumladan, «Tonigrin» Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma korxonasi) ham bor.

Toyloqda tuman hokimiyati binosi, 3 umumiy taʼlim maktabi, markaziy kasalxona, markaziy poliklinika, markaziy dorixona va 6 ta shaxsiy dorixona faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, «Savdogarbank», «Xalq banki», «Paxtabank» boʻlimlari mavjud. Markaziy kutubxona va uning tarmogʻi, Mustaqillik maydoni, madaniyat va istirohat bogʻi, bolalar sport majmuasi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, «Olimpiya zaxiralari» kolleji bor. Toyloqda Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadkiqot inti joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: TOYLOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
QORAQALPOGʻISTON
TOSHKENT VILOYATI
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты