VALYUTA BOZORI

VALYUTA BOZORI — talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doyra. Birja (Oʻzbekistonda 1992-y. iyun oyidan OʻzR Valyuta birjasi ishlaydi) va birjadan tashqari (banklararo) Valyuta bozoriga boʻlinadi. Shuningdek, Valyuta bozori valyuta xatarini sugʻurtalash, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash, valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi. Xoʻjalik hayotining baynalmilal-lashuvi natijasida yirik xalqaro Valyuta bozori lari AKSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur va b. mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. Valyuta bozorida muomalalar valyutani nakd yet-kazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs. boʻyicha maʼlum muddatda (1—3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Aksariyat valyuta muomalalari AQSH dollarida olib boriladi. 1999 i. 1 yanv. dan Yevropa mamlakatlarining umumiy pul birligi — yevro ham valyuta muomalalariga jalb etildi.


Lotin alifbosida maqola: VALYUTA BOZORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YAPONIYA
BUYUK BRITANIYA
GERMANIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты