TOYLOQ TUMANI

TOYLOQ TUMANI — Samarkand viloyatidagi tuman. 1992-y. 9 apr. da tashkil etilgan. Viloyatning jan. sharqiy qismida. Shim. dan Jomboy va Bulungʻur, jan. va sharqdan Urgut, gʻarbdan Samarkand tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,28 ming km2. Aholisi 134,3 ming kishi (2003). Toyloq tumanida 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Adas, Bogʻizagʻon, Jumabozor, Gʻulba, Madaniyat, Sochakibolo, Tepaqishloq, Toyloq, Qoʻrgʻoncha) bor. Markazi — Toyloq qishlogʻi.

Tabiati. Tuman hududi Zarafshon daryosining hoz. davr qayirlari hamda koʻhna qayir (terrasa)laridan iborat boʻlib, asosan, tekislik. Zarafshon daryosi keltirgan oqindi (qum, shagʻaltosh, loyqalar)dan tarkib topgan. Ular ustini 5—10 m qalinlikdagi lyoss yotqiziqlari qoplagan. Tuman hududidan Markaziy magistral, Dargʻom kanallari va Zarafshon daryosi, Krrasuv soyi oqib oʻtadi. Tuprogʻi boʻz, oʻtloqboʻz, oʻtloqbotqoq va allyuvial tuproq. Foydali qazilmalari, asosan, shagʻaltosh, qum va lyosslardan iborat. Iklimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha trasi 25,9°, yanv. niki 0,2°. Vegetatsiya davri 215—230 kun oraligʻida. Yiliga 320—350 mm yogʻin tushadi.

Tuman hududidagi qayirlarda toʻqayzorlar mavjud boʻlib, bu yerda yovvoyi jiyda, tol, qamish, turangʻil oʻsadi. Tuman hududidagi ekin ekilmagan yerlarda ajriq, yulgʻun, shuvoq, bugʻdoyiq, yantoq, yalpizlar uchraydi. Qushlardan mayna, chumchuq, qargʻa va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2ga 480 kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Sanoatida taʼmirlash, aloqa va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, meva konserva zdlari bor.

Toyloq tumanida yirik, oʻrta, kichik korxonalar hamda mikrofirmalar faoliyat koʻrsatib turibdi. Meva konservalari, non, qandolatchilik va sharob mahsulotlari, salqin ichimliklar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Tumandagi ixtisoslashgan mikrofirmalar tomonidan aholiga maishiy xizmat koʻrsatish (avtomobil, muzlatkich, radio, televizorlarni taʼmirlash va b.) ishlari amalga oshiriladi. 2 ta qoʻshma korxona, shu jumladan, Uzbekistan— AQSH «Adas—Agro Invest» (uzumni qayta ishlaydi), Oʻzbekiston—Rossiya «TonigriN» (mevani qayta ishlaydi) mahalliy xom ashyo asosida ishlamoqda.

Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Tumanda 5620 ga yerga gʻalla, 1994 ga yerga sabzavot, 307 ga yerga kartoshka, 2697 ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. Koʻp yillik daraxtzorlar 4686 ga (shundan, bogʻlar 1446 ga, tokzorlar 2490 ga, tutzorlar 692 ga). Boʻz yerlar va yaylovlar 2336 ga (2003).

Toyloq tumanida 11 shirkat, 482 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 63,2 ming qoramol (shu jumladan, 29,4 ming sigir), 18,9 ming qoʻy va echki, 70,7 ming parranda, 300 dan ziyod yilqi bokilmoqsa (2003).

2003/04 oʻquv yilida tumandagi 55 umumiy taʼlim maktabida 40,4 mingdan ziyod oʻquvchi, «Olimpiya zaxiralari» kollejida 512 talaba taʼlim oldi. 31 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. Toyloq tumanida 9 kasalxona, 23 feldsherakusherlik punkti, 12 qishloq davolash boʻlimlari va b. tibbiy muassasalarda 202 vrach ishlaydi. 1994-y. dan «Qoʻshchinor» tuman gaz. chop qilinadi (adadi 2000).


Lotin alifbosida maqola: TOYLOQ TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
URGUT TUMANI
JOMBOY TUMANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты