VALYUTA BOYLIKLARI

VALYUTA BOYLIKLARI — xalqaro valyuta-moliya muomalasi doirasiga jalb qilinadigan moddiy obyektlar. Unga chet el valyutasi, chet el valyuta-sidagi toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, akkreditivlar), jamgarma boy-liklar (aksiya, obligatsiya), tabiiy yoki qayta ishlangan shakldagi qimmatbaho toshlar (olmos, marvarid, yoqut, aleksandrit va b.), shuningdek noyob metallar (oltin, kumush, platina, platina guruhiga kiruvchi metallar — palladiy, iridiy, osmiy, rodiy, ruteniy va b.) kiradi. Valyuta boyliklariga nisbatan muomalada maxsus cheklov tartiblari joriy qilingan.


Lotin alifbosida maqola: VALYUTA BOYLIKLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PLATINA METALLARI
PALLADIY
PLATINA RUDALARI
OSMIY
OLMOS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты