VALYUTA INTERVENSIYASI

VALYUTA INTERVENSIYASI — mamlakat markaziy bankining valyuta bozoriga va valyuta kursita chet el valyutasining katta summasini sotib olish yoʻli bilan aralashuvi. Mamlakat oʻz valyutasi kursini oshirishdan manfaatdor boʻlsa, bank va xazina oʻz ixtiyoridagi chet el valyutasini sotib, milliy valyutani xarid qiladi; oʻz valyutasi kursini pasaytirmoqchi bulsa, chet el valyutasini koʻp mikdorda sotib oladi, milliy valyutani esa sotadi.

Valyuta intervensiyasi davlat manfaatlari yoʻlida chet el valyutasi kursini tartibga solish maqsadlarini koʻzlaydi. Valyuta intervensiyasi BrettonVuds tizimi (1944—78) amal qilgan davrda valyutalarning qatʼiy belgilangan kurslarini ushlab turishga xizmat qilgan (intervensiyani oʻtkazishda AQSH tomoni boshqa davlatlarga dollar kursini ushlab turish yuzasidan majburiyat qoʻygan). Yamayka bitimi (1978)ga koʻra, sirgʻaluchan valyuta kurslariga oʻtilgach, AQSH dollarining rezerv valyuta sifatidagi roli pasayib, Valyuta intervensiyasida dollar bilan bir qatorda Germaniya markasi, Yaponiya iyenasi, Gʻarbiy Yevropa davlatlari valyutalari ham qoʻllanila boshladi. Valyuta intervensiyasi asosan valyuta kurslarining qisqa vaqt oraligʻida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻtkaziladigan boʻldi q(. Yamayka tizimi).


Lotin alifbosida maqola: VALYUTA INTERVENSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAMAYKA VALYUTA TIZIMI
FRANSIYA
YAPONIYA
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты