TOKANTINS — Braziliyadagi dare. Uz. 2850 km, havzasining mayd. 770 ming km2. Maranyan va Almas daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Braziliya yassitogʻligi va Amazonka pasttekisligidan oqadi. Para daryosiga (Amazonka daryosining deltasidagi oʻng tarmogʻi) estuariy hosil qilib quyiladi. Yirik irmogʻi — Araguya (chapdan). Quyilish joyidagi oʻrtacha suv sarfi 16,8 ming m3/ sek, okt. dan mart—apr. gacha suvi koʻpayadi. Suv ombori qurilgan. Quyilish joyidan 350 km masofada kema katnaydi.