TOKDOSHLAR

TOKDOSHLAR (Vitaceace) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Daraxtsimon, ilashuvchi lianalar. Barglari oddiy, panjasimon murakkab, navbatlashib joilashgan, yonbargchali. Novdasida poyaning oʻzgarishidan hosil boʻlgan gajaklar bor. Tupgullari kichik, roʻvak. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, mayda, koʻkimtir. Mevasi rezavor yoki juda quruq. Tokdoshlarga 12 turkum, 700 tur kiradi. Koʻpincha subtropik va tropik mamlakatlarda oʻsadi. Muhim iqtisodiy ahamiyatga ega yirik turkumlaridan biri tok (uzum) hisoblanadi (yana q. Tok).


Lotin alifbosida maqola: TOKDOSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты