TOKEMBRIY

TOKEMBRIY — Yer tarixida birinchi geologik formatsiyalar paydo boʻlishidan kembriy sistemasi (davri) tacha oʻtgan davr. T. Yer tarixining 6/7 kismini tashkil qiluvchi vaktini va Yer poʻstining shu davrda hosil boʻlgan qad. qatlamlarini oʻz ichiga oladi. Bu davrning geologik tarixi uzoq vaqt fanga nomaʼlum boʻlib kelgan. Faqat 20-a. ning boshlaridagina Tokembriy stratigrafiyasi va geoxronologshgsini oʻrganishda radiometrik metodlar qoʻllanila boshladi. Tokembriy bizga maʼlum boʻlgan 3500 mln. yoshga yakin qad. geologik jinslar hosil boʻlgan davrdan to kembriy davri boshlanishiga qadar 2900 mln. yildan ortiq vaqt davom etgan. 19-a. ning 2yarmida Shim. Amerikada tarixiy geologik maʼlumotlar, jinslarning metamorfizm darajasi va b. belgilari asosida Tokembriyni arxey yoki arxeozoy va proterozoy ga bulish taklif etilgan. Ular orasidagi chegara, bundan 2500—2700 mln. yil ilgari yirik burmalanish va granitlanish davriga tugʻri keladi. Tokembriy yotqiziqdari barcha qitalarda: Sharkiy Yevropa, Sibir, Jan. Xitoy va Hindiston, shuningdek, Shim. Amerika, Afrika, Avstraliya va Antraktidaning qad. platformalarida tarqalgan. Yuqori Tokembriy hosilalari, koʻpincha, qad. platformalar choʻkindi qoplamining quyi qismini tashkil qiladi. Ular, tarkibida, hatto kuchsiz metamorfizm taʼsirida yemiriluvchi glaukonit va b. minerallar saklangan, kamroq oʻzgargan jinslardan tarkib topgan. Quyi Tokembriy hosilalari gneys, migmatit, turli kristalli slaneslar, amfibolitlar, qisman jespilit, kvarsit va marmarlardan iborat. Ular qalin qatlamlarni tashkil qiladi. Bu esa, qatlamlarda quyi Tokembriyda barcha materiklarda keng tarqalgan harakatchan rivojlanish (geosinklinal)dan dalolat beradi. Quyi Tokembriy oxirida platforma tipidagi formatsiyalar paydo boʻlgan. Yuqori Tokembriy formatsiyalari turiga koʻra, paleozoy formatsiyalari turiga yaqin turadi, ular kvars qumtoshlari va kvarsitlar, gilli slaneslar va fillitlar, turli vulkanogen jinslar, stromatolitli dolomitlar va ohaktoshlardan tarkib topgan kalin qatlamlardan iborat. Tokembriyning eng oxirida molasslarga oʻxshash jinslar qatlami paydo boʻlgan. Tokembriy yotqiziklarida fanerozoyning stratigrafik shkalasini tuzishda asos boʻlib xizmat qiladigan skeletli hayvonlar yoʻq, shunga qaramay organik hayot izlari koʻp. Koʻkyashil suvoʻtlar (stromatolitlar) va bakteriyalar (onkolitlar)ning hayot mahsullari mavjud. Tokembriy qatlamlarida ilgari spora deb hisoblangan suvoʻtlardan kelib chiqqan juda mayda (50 s oʻlchamli) yumaloq tanachalar («akritarx» yoki «sferomorfid»lar) uchraydi.

Hayvonot dunyosi oʻsimliklarga qaraganda kam taraqqiy etgan. Tokembriyning koʻpgina toshqotgan jinslari yetarlicha aniqlanmagan. Avstraliya, Jan. Afrika qumtoshlarida kamdankam uchraydigan noyob topilmalar vendning hayvonot dunyosi ancha boy boʻlganligidan dalolat beradi.

Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Uzoq Sharq bukilmali sistemalarida ham Tokembriy davriga mansub jinslar aniqlangan. Bu yerlarda quyi Tokembriy, shuningdek, rifeyga oid yotqiziqlar mavjud boʻlib, ular choʻkindi va vulkanogen geosinklinal qatlamlarni tashkil etadi. Oʻzbekistonda Tokembriy majmuasi quyi va yuqori proterozoy yotqiziqlaridan tashkil topgan. Quyi proterozoy KosonQoraterak (Teraksoy, Semizsoy svitalari) rnida, Boysuntogʻda (Qoratosh, Xujaboʻzbarak, Aylangar, Shotut svitalari), Tomditogʻda (Uchquduqtogʻ, Yurgantogʻ svitalari), Boʻkantogʻda (Cholcharatogʻ va Qumloq svitasining quyi qismi). Ular gneys, kristalli slanes, amfibolit, kvarsit, marmarlardan tarkib topgan, tirik mavjudot qoldiqlari topilmagan. Oʻzbekiston gʻarbida oʻrta va yuqori rifey yotqiziqlari topilgan. Turli xil kimyoviy elementlar (oltin, uran, selen, vanadiy, molibden va b.) ning konsentratsiyasi yuqori. Bu esa shu regionda sanoat obyektlarini shakllanishiga sababchi boʻladi. Oʻzbekistonning Tokembriy kesmalarida topilgan rifey biotasi qoldiqlarining boy majmui va birgalikda topilgan turli guruhlar uzoq oʻtmishning geologik voqealari toʻgʻrisida juda qiziqarli ilmiy maʼlumotlar beradi. Bu esa, Jan. Tyanshanning qad. geologik rivojlanishi tarixini yangicha talqin qilishga imkon yaratadi. Oʻzbekistonda Tokembriy qatlamlari borligini ilk bor geolog olim M. A. Ahmadjonov aniqlagan. Tokembriy foydali qazilmalarga juda boy. Bu davr yotqiziqlarida temir rudalari (temir kvarsitlari, jespilit), alyuminiy xom ashyosi (kianit, sillimanit), marganes, oltin va uran, mis, nikel, kobalt rudalari, qoʻrgʻoshinrux, slyuda (muskovit), keramika xom ashyosi va nodir metallar (T. ning eng keyingi hosilalarida qad. neft konlari) bor.


Lotin alifbosida maqola: TOKEMBRIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты