TOKIO UNIVERSITETI — Yaponiyaning eng kad. va yirik oliy oʻquv yurti. 1877-y. Soxeyko (1790-y. asos solingan, konfutsiychilikni oʻrganish markazi), Kayseygo (1855, gʻarb madaniyati), Igakuso (1863, gʻarb tibbiyoti) oʻquv yurtlarining birlashuvi natijasida Tokio milliy (imperator) unti sifatida tashkil etilgan. Huquq, iqtisodiyot, filol., muhandisliktexnologiya, ped., tabiiy fanlar, qishloq xoʻjaligi., tibbiyot boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1877-y. tashkil etilgan) da 4 mln. dan ortiq asar bor. 20 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.