TOKKATA

TOKKATA (ital. toccata — tegish, zarb) — asosan, klavishli musiqa cholgʻular uchun yozilgan virtuoz musiqa asari. 16-a. da Italiyada paydo boʻlib, dastlab badiha shaklidagi prelyudiya (A. va J. Gabriyeli va b.), keyinchalik konsert asari sifatida (I. Froberger, D. Bukstexude va b.) rivoj topdi. I. S. Bax ijodida qad. Tokkata janri oʻz badiiy choʻqqisiga koʻtarildi (organ uchun — re minor T. va fugasi mashhur). 20-a. da fortepiano (K. Debyussi, S. Prokofyev, F. Buzoni, A. Xachaturyan va b.) va organ (M. Reger va b.) Tlar bilan birga orkestr (A. Malyavskiy), skripka va orkestr (I. Stravinskiyning skripka va orkestr uchun konsertning lqismi) paydo boʻldi. Oʻzbekistonda I. Akbarov, X. Izomov, G. Mushel va b. fortepiano, organ uchun Tokkatalar yaratganlar.


Lotin alifbosida maqola: TOKKATA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
ITALIYA
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты