TOKSOPLAZMALAR

TOKSOPLAZMALAR (Toxoplasma) — koksidiyalar turkumiga mansub eng sodda parazit hayvonlar urugi. Bitta Toksoplazmalar gondii turi maʼlum. Uzunligi 7 mkm gacha. Toksoplazmalar mushuk va b. mushuksimonlar ingichka ichagida murakkab rivojlanish siklini oʻtib, undan 2 ta sporali ootsistsporozoitlar hosil boʻlishi bilan tugaydi. Yetuk ootsistlar esa mushuksimonlarni qaytadan zararlashi mumkin. Ootsistlar boshqa sut emizuvchilar (mas, sichqonlar) yoki odam hamda qushlarga oʻtib, jinssiz urchiydi. Toksoplazmalar — sut emizuvchi hayvonlar va odam paraziti; toksoplazmoz kasalligini qoʻzgʻatadi.


Lotin alifbosida maqola: TOKSOPLAZMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOKSOPLAZMOZ
SUT EMIZUVCHILAR
Tushda mushuk ko`rsa nimani bildiradi.
ODAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты