TOKUGAVA

TOKUGAVA — Yaponiyada syogunlar sulolasi (1603—1867). Tokugava Ieyasu tomonidan asos solingan. Davlatn» mustaxkamlash uchun Tokugava hukmdorlari bir necha bor islohotlar oʻtkazishgan. Xususan, har bir tabaqaning majburiyati va huquqi qatʼiy belgilab berilgan; dehqonlar yerga biriktirib qoʻyilgan; savdosudxoʻrlik kapitali taraqqiyoti cheklangan, knyazlar ustidan qatʼiy siyosiy nazorat oʻrnatilgan. Mamlakatdagi tartiblarni oʻzgarishsiz saqlab qolish, shuningdek, tashqi xavfxatarning oldini olish maqsadida Tokugava hukumati 17-a. ning 30-y. larida Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻygan. 18-a. oxirida Tokugava davlati tanazzulga uchragan. 1853-y. AQSH harbiy kemalari mamlakatga bostirib kirgan. AQSH va Yevropa davlatlari Tokugava hukumatining Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻyish siyosatini bekor qilishga majbur qilib, 1854—58 y. larda u bilan tengsiz Ansey bitimlarini imzolashgan. 1867—68 y. lardagi Meydzi isin inkilobi natijasida Tokugava hokimiyati barham topgan.


Lotin alifbosida maqola: TOKUGAVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
ROSSIYA
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты