TOLAY TOVUSHQONI

TOLAY TOVUSHQONI, qum tovushqoni (Lepus tolai) — quyonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasi qumrangqoʻngʻir tusda (nomi shundan), kichik. Uz. 54 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha. Oʻzbekistonning deyarli hamma hududlarida, xususan pasttekisliklar, vohalar, togʻ va togʻ oldi zonalari, toʻqaylardagi chakalakzorlarda, togʻ archazorlarida uchraydi. Har xil oʻt va butalar bilan oziklanadi. Yil davomida faol hayot kechiradi. Yilda bir nechtadan 2—5-marta bolalaydi. Goʻshti va moʻynasi uchun ovlanadi. Tartibsiz ovlanishi va yashash muhitining buzilishi tufayli bir qancha hududlarda yoʻqolib ketgan yoki soni keskin kamaygan.


Lotin alifbosida maqola: TOLAY TOVUSHQONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
YER
TOSHKENT
XITOY
SUT EMIZUVCHILAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты