VANDEI URUSHLARI

VANDEI URUSHLARI — 18-a. oxiridagi Fransiya inqilobi va Direktoriya davrida mamlakatning garbiy viloyatlaridagi isyonga qarshi Fransiya hukumatining olib borgan urushlari. 1793 ydagi isyonning asosiy oʻchogʻi boʻlgan Vandey departamenti nomidan olingan. Isyonlarda dvoryanlar va ruhoniylar b-n bir qatorda dehqonlarning bir qismi ham ishtirok etgan. Vandei urushlari 1793-y. da oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Vandei urushlari dagi muhim voqea — 1795-y. dagi Kiberon ekspeditsiyasi boʻlgan. Bu urushlar fransuz xalqiga qimmatga tushgan: har ikki tomondan 600 mingdan ortiq kishi halok boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: VANDEI URUSHLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
ROSSIYA
TOSHKENT
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты