VAN DEYK

VAN DEYK (van Dyck) Antonis (1599.22.3, Antverpen — 1641.9.12, London) — flamand rassomi. 1609-y. dan X. Van Balendan taʼlim olgan, yoshligidan portret bilan shugʻullangan. 1616—20 y. larda P. Rubens ustaxonasida yordamchi boʻlib ishlagan, uning ijodidan taʼsirlangan. Angliya qiroli Yakov I saroyida ishlagan davri (1620—21)da barokko tipidagi portretini nihoyasiga yetkazdi («Oilaviy portret», «P. Snay-dersning rafiqasi bilan portreta», 1621 va b.). Genuyaning zodagonlari tasvirlangan hashamdor portretlaridagi ajoyib kompozitsiyasi, teran qoramtir tuslarning goʻzalligi, zaminning tantanavorligida Venetsiya maktabining taʼsiri seziladi. 1632-y. dan Londonda qirol Karl I saroyida rassom boʻlib ishladi. Qirol va uning oilasi («Karl 1 ovda», taxm. 1635; «Karl I bo-lalari», 1637 va b.), saroy zodagonlari portretlarini yaratdi, ularda diqqatni holat, qomat va ranglar uygʻunligiga qaratdi.


Lotin alifbosida maqola: VAN DEYK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BELGIYA
FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA
RUBENS
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты