TOLDIQOʻRGʻON

TOLDIQOʻRGʻON — Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar (1944-y. dan), Olmaota viloyati markazi. Qoratol daryosi boʻyida. Jungʻariya Olatovi etaklarida. Toldiqoʻrgʻon stansiyasi. Aholisi 94,2 ming kishi (2003). 19-a. ning 2yarmida Gavrilovka qishlogʻi (1920-y. dan Toldiqoʻrgʻon) oʻrnida vujudga kelgan. 1930-y. dan Qozogʻistonning Olmaota okrugi, Toldiqoʻrgʻon tumani markazi. 1967-y. dan — 1998-y. gacha Toldiqoʻrgʻon viloyati markazi. Toldiqoʻrgʻonda akkumulyator, meva, konserva zdlari; tikuvchilik, poyabzal, mebel fkalari, qurilish materiallari kti, ped. int, tarixoʻlkashunoslik muzeyi, teatr bor. Aeroport, avtovokzal ishlab turibdi.


Lotin alifbosida maqola: TOLDIQOʻRGʻON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QOZOGʻISTON
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты