TOLDOSHLAR

TOLDOSHLAR (Salicaceae) — ikki uyli oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta va baʼzan yarimbuta. Bargi oddiy, spiralsimon joylashgan; gullari bir jinsli, toʻpguli kuchala. Barg yozilguncha yoki yozilgandan keyin kuchala hosil qiladi. Gullari yon bargchalar qoʻltigʻida. Changchisi 8 tagacha. Shamol va hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi bir uyali, koʻp urugʻli koʻsakcha, ikkiuch pallaga boʻlinadi, urugʻining tubida kumush rang tuklari bor. Urugʻlari shu tuklar yordamida, havo va suv orqali tarqaladi. Urugʻidan va qalamchasidan koʻpayadi. Shim. yarim sharning moʻtadil zonasidagi dare, koʻl boʻylarida nam yerlarda usadi. Toldoshlarning 3 turkumi, 400 dan ortiq turi bor. Oʻrta Osiyoda 70 turi boʻlib, 40 tasi mahalliy, 30 tasi introduksiya qilingan. Melioratsiya maqsadlarida va dekorativ oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Yogʻochidan mebel, taxta, gugurt i. ch., uyjoy kurilishida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TOLDOSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
OKEAN
MEBEL SANOATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты