VANJ TIZMASI

VANJ TIZMASI — Pomirdagi togʻ tizmasi. Uz. 80 km, eni 15 km. Vanj tizmasi Vanj va Yazgʻulom daryolari havzalari orasidagi suvayirgʻich. Sharqiy qismi baland (4500—5600 m), gʻarbiy qismi kambar. Vodiylari juda chuqur va tor. V. t., asosan, quyi paleozoyda hosil boʻlgan granit, gneys, kvarsit, marmar, shu-ningdek qumtosh, konglomerat kabi jinslardan tarkib topgan. Vanj tizmasida oʻsimlik siyrak; archa, naʼmatak, doʻlana oʻsadi, baʼzi yerlarida yaylovlar uchray-di. 4000 m dan yuqrridagi togʻ tepalari doimiy qor va muzlik bilan qoplangan. Muzliklarning umumiy mayd. 221,1 km2.


Lotin alifbosida maqola: VANJ TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



POMIR
YER
TYANOʻPAN
YAZGʻULOM TIZMASI
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты