VANILIN

VANILIN (3-metoksi, 4-gidrooksibenzaldegid) , SʼHN8O, — vanil hidi keladigan rangsiz, achchiq kristall modda. Mol. m. 152,15. Suyuqlanish t-rasi 81—83», qaynash t-rasi 284-285° (SO2 muhitida). T-ra koʻtarilganda parchalanmay, sublimatlanadi. Suvda oz eriydi, spirt, efir, xloroform va b. erituvchilarda yaxshi eriydi. Vanilin vanil mevalarida glikozid holida uchraydi. Sintetik Vanilin lignindan, gvayakol hamda evgenoldan olinadi. Oziq-ovqat, atir-upa sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi. Vanilinning qand kukuni bilan aralashmasi «vanil shakari» muzqaymoq va turli qandolat mahsulotlari i. ch. da qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VANILIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALSIY
NATRIY
UGLEROD
GVAYAKOL
KALIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты