TOLIPOV Shukur Tolipovich (1908.5.1, Yangiyoʻl, Toshkent viloyati — 1990.28.5, Toshkent) — kimyogar olim. Qozogʻiston FA akad. (1967-y. dan) Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950), kimyo fanlari dri (1948), prof. (1949). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1935), shu untda kafedra mudiri (1938-y. dan), dekan (1949-y. dan). Urush qatnashchisi (1941 — 45). Ayni vaqtda 1967-y. dan Chimkentdagi Qozogʻiston kimyotexnologiya intida ilmiy maslahatchi.
Asosiy ilmiy tadqiqotlari nodir va tarqoq elementlarning analitik kimyosiga oid. Ftoridlar va turli organik reaktivlardan foydalanib, analiz qilish usullarini taklif etgan. Organik reagentlar sifatida tabiiy birikmalar (anabazin, gossipol, papaverin, pilokarpin va b.) va ularning sintetik hosilalarini oʻrgangan. Nodir elementlar va biologik faol birikmalarni aniklashning fotometrik, kompleksonometrik, lyuminessent va elektrokimyoviy usullarini ishlab chiqqan.